Samarqandda ikki shaxs tadbirkordan onlayn-auksiondan chiqib ketish evaziga pul talab qilishdi
Ular Kattaqo‘rg‘on shahrida auksionda 5,7 sotix yer maydoni narxini sun’iy ravishda ko‘tarmaslik va o‘yindan chiqib ketishlari evaziga auksionda ishtirok etayotgan korxona rahbaridan 1000 dollar talab qilgan.

Foto: Shutterstock
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departament hamda DXX Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda aniqlanishicha, fuqarolar D.A. va S.K. oldindan til biriktirib, “E-auksion” elektron savdo platformasida onlayn-auksion savdolarida ishtirok etgan.
Ular “Go‘zalkent” MFYda joylashgan 5,7 sotix yer maydoni bo‘yicha auksionda yer maydoni narxini sun’iy ravishda oshirmaslik va o‘yindan chiqib ketish evaziga auksionda ishtirok etayotgan “M.B.” oilaviy korxonasi ta’sischisi Sh.dan 1 000 dollar talab qilib, shundan 500 AQSh dollarini olgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

21:48 / 06.01.2021
Samarqand viloyatiga tegishli yana bir avtoraqam onlayn auksionda 250 million 875 ming so‘mga sotildi

15:51 / 04.01.2021
Samarqand viloyatiga tegishli avtoraqam onlayn auksionda qariyb 600 million so‘mga sotildi

20:40 / 27.01.2020
4 sotix yer 2 millionga ham, 120 millionga ham sotilishi mumkin – «E-ijro auksion»

15:40 / 20.09.2019