Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Import tovarlarni yuklashdan oldin majburiy inspeksiyadan o‘tkazish tartiboti bekor qilindi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Tashqi savdoni yanada erkinlashtirish va savdo operatsiyalarining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirilgan.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va “O‘zstandart” agentligining O‘zbekiston Respublikasiga import qilinadigan tovarlarni yuklashdan oldin majburiy inspeksiyadan o‘tkazish tartibotini bekor qilish haqidagi taklifi qabul qilindi.
Belgilab qo‘yilishicha:
O‘zbekiston Respublikasiga import qilinadigan tovarlarni yuklashdan oldin inspeksiyadan o‘tkazish ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi;
O‘zbekiston Respublikasiga import qilinadigan tovarlarni yuklashdan oldin inspeksiyadan o‘tkazish xizmatlarini ko‘rsatish huquqiga vakolatli organ tomonidan xalqaro standartlar talablariga muvofiq akkreditatsiya qilingan inspeksiya organlari ega;
inspeksiya organlarining xizmatlari, shu jumladan yuk ortishdan oldin inspeksiyadan o‘tkazish xizmatlari uchun haq to‘lash ularning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi banklarda ochilgan hisobraqamlari orqali amalga oshiriladi;
O‘zbekiston Respublikasiga import qilinadigan tovarlar sifati, miqdori va narxlarining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda (keyingi o‘rinlarda – Markaz) ro‘yxatdan o‘tgan import kontraktlari shartlariga muvofiqligini ta'minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish uchun javobgarlik import qiluvchining mansabdor shaxslari zimmasiga yuklatiladi;
davlat bojxona xizmati organlari Markazda ro‘yxatdan o‘tgan import kontraktlari doirasida erkin muomalaga chiqarilgan tovarlarning miqdori va narxlari haqidagi ma'lumotlarni axborot tizimlaridan foydalangan holda Markazga taqdim etadi.
Davlat organlari va tashkilotlariga, shuningdek, tijorat banklariga yuk ortishdan oldin inspeksiyani o‘tkazuvchi inspeksiya organini tanlash haqida import qiluvchilarga tavsiyalar berish taqiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti “O‘zstandart” agentligi va Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda, mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, davlat manfaatlariga yetkazilgan zararni qoplash kafolatlarini ta'minlovchi mexanizmlarni joriy etgan holda import qiluvchilar va vakolatli davlat organlari mansabdor shaxslarining javobgarligini kuchaytirish bo‘yicha takliflar kiritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda akkreditatsiya obektlari tomonidan vakolatli organga o‘tkaziladigan to‘lovlarni undirish shartlari va miqdorlarining tanqidiy qayta ko‘rib chiqilishini ta'minlaydi.
Belgilanishicha, Markaz faoliyati sohasi tatbiq etiladigan tovarlar, ishlar va xizmatlar xaridlarini o‘tkazish (xarid tartibotlarini bajarish, reklama ishlarini tashkil etish, tender va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish va boshqalar) bo‘yicha ixtisoslashgan tashkilotni tanlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan o‘rnatiladigan talablarga javob beradigan ixtisoslashgan tashkilotlar orasidan tanlov asosida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bir oy muddatda davlat xaridlarini o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish huquqiga ega ixtisoslashgan tashkilotlarga qo‘yiladigan talablarni, shuningdek, davlat xaridlarini o‘tkazish doirasida ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar turlari ro‘yxatini o‘rnatilgan tartibda belgilaydi.
Mavzuga oid
14:26 / 28.05.2026
1,5 mlrd dollarlik oltin sotuvi va keskin oshayotgan go‘sht importi - O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi
08:59 / 26.05.2026
O‘zbekistonga Qozog‘iston nefti yetkazib berilishi mumkin
20:10 / 25.05.2026
O‘zbekiston Qirg‘iziston ko‘mirining asosiy xaridori bo‘lib qolmoqda
09:44 / 23.05.2026