Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qiz haydovchilikka imtihon topshirish vaqtida binoga shikast yetkazdi
AQShning Montichello shahrida yashovchi 17 yoshli qiz haydovchilik guvohnomasini olishga mashina haydash imtihonida imtihon komissiyasi joylashgan binoga borib urildi. Bu haqda Buffalo politsiya departamentida ma'lum qilingan.
Voqea tergovining ko‘rsatishicha, qiz uzatmalar qutisi dastagi holatini adashtirib yuborgan: u parkovkadan orqa bilan chiqish o‘rniga, oldinga yurib ketgan. Avariya oqibatida bino devorining bir qismi qulab tushgan.
Qizning yonida o‘tirgan 60 yoshli ayol instruktor kichik jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan. Qizga va binodagi odamlarga shikast yetmagan. Shuningdek, qizga hech qanday ayblov qo‘yilmagan.
Mavzuga oid
07:00
JCh tarixida ilk marta qizil kartochka o‘yindan keyin bekor qilindi
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
23:22 / 05.07.2026
Oq uy FIFAdan Balogunning diskvalifikatsiyasini bekor qilishni so‘radi – OAV
12:48 / 05.07.2026