Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand dunyoning eng go‘zal 15 ta shahari ro‘yxatiga kiritildi
Avstraliyaning “Skyscanner” axborot portali ekspertlari “Instagram” ijtimoiy tarmog‘idan foydalanuvchilar uchun sayyoramizning eng go‘zal joylari reytingini tuzib chiqdi.
Yer yuzidagi 15 ta eng ajoyib shahar kiritilgan ro‘yxatning oltinchi pog‘onasidan o‘zining tarixiy durdonalari bilan dunyoga tanilgan ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand shahri ham o‘rin oldi, deb yozmoqda “Xalq so‘zi”
Mutaxassislarning aytishicha, ular fotosuratlar olish uchun juda ham mos hamda unutilmas taassurotlar hadya etadi.
Quyida mazkur reyting bilan to‘liq tanishib chiqish mumkin:
1. Reykyavik, Islandiya;
2. Kvinstaun, Yangi Zelandiya;
3. Skay oroli, Shotlandiya;
4. Baykal ko‘li, Rossiya;
5. Annapurna, Nepal;
6. Samarqand, O‘zbekiston;
7. Giza va Luksor, Misr;
8. Yyelloustoun milliy parki, AQSh;
9. Langkavi, Malayziya;
10. Machu-Pikchu, Peru;
11. Kioto, Yaponiya;
12. Guylin, Xitoy;
13. Nandi, Fiji;
14. Uluru, Avstraliya;
15. Kilimanjaro, Tanzaniya.
Mavzuga oid
08:30 / 24.06.2026
Mamlakatlar imiji reytingi: yetakchilar va autsayderlar ma’lum bo‘ldi
18:07 / 22.06.2026
Qozog‘iston universitetlari Markaziy Osiyoda eng yaxshi deb topildi
09:00 / 22.06.2026
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
08:45 / 22.06.2026