Tadqiqot doirasida 85 mamlakatda yaşovçi 46 mingdan ortiq respondent iştirok etgan. Reyting mamlakatlarga nisbatan ijobiy va salbiy munosabatlar örtasidagi farq asosida tuzilgan. Körsatkiç qança yuqori bölsa, mamlakatning xalqaro imiji şunça yaxşi hisoblanadi.
Natijalarga köra, Şveytsariya va Kanada +36 ball bilan reytingning birinçi poğonasini egalladi. Keyingi örinlardan Yaponiya (+34) va Şvetsiya (+33) joy oldi.
Eng ijobiy baholangan 15 mamlakatning aksariyati Yevropa davlatlari hisoblanadi. Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlarning örtaça körsatkiçi +26 ballni taşkil qilgan. Biroq Fransiya va Buyuk Britaniyaning nisbatan past baholanişi (+11) umumiy natijani pasaytirgan.
Mutaxassislar fikriça, Şveytsariya, Kanada va Italiya kabi mamlakatlarning yuqori örinlarni egallaşiga siyosiy barqarorlik, yuqori turmuş darajasi, xalqaro diplomatik nufuz va oçiq jamiyat modeli sabab bölgan.
Reytingda Avstraliya va Yangi Zelandiya ham yuqori natija körsatib, har biri +30 ball töplagan. Osiyoda esa Singapur va Janubiy Koreya (+21) eng yaxşi baholangan davlatlar qatoriga kirgan.
Tadqiqotning e’tiborli jihatlaridan biri AQŞning natijasi böldi. Dunyodagi eng yirik iqtisodiyot va eng ta’sirçan davlatlardan biri bölişiga qaramay, AQŞ -16 ball bilan reytingning eng quyi beştaligidan joy olgan.
Tahlilçilar qayd etişiça, AQŞga bölgan munosabat sönggi ön yillikda taşqi siyosat, migratsiya va xalqaro mojarolar fonida sezilarli darajada yomonlaşgan. Natijada mamlakat reytingda Eron (-17) va Iroq (-13) kabi davlatlar bilan yonma-yon joylaşgan.
Reytingning eng oxirgi poğonasidan esa Isroil örin olgan. Mamlakatning körsatkiçi -24 ballni taşkil etgan. Tadqiqot mualliflari bu holatni Ğazo sektoridagi mojaro, şuningdek Livan, Suriya va ayniqsa Eron bilan boğliq harbiy töqnaşuvlar atrofidagi xalqaro bahslar bilan izohlamoqda.
Natijada Isroil nafaqat köplab davlatlardan, balki Afğoniston va Şimoliy Koreya (-19) kabi mamlakatlardan ham past natija qayd etib, reytingning eng salbiy baholangan iştirokçisiga aylangan.
Mamlakatlar imiji reytingi: yetakçilar va autsayderlar ma’lum böldi
Şveytsariya va Kanada xalqaro maydonda eng ijobiy imijga ega mamlakatlar deb topildi. Democracy Perception Index 2026 tadqiqoti natijalariga köra, aynan şu ikki davlat dunyo aholisi orasida eng yuqori simpatiya körsatkiçini qayd etgan.












