Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ashxobodda Turkmaniston va Eron hukumatlari o‘rtasida bir qator hujjatlar imzolandi
27 mart kuni Ashxobodda Turkmaniston va Eron prezidentlari o‘rtasidagi muzokaralar yakunlariga ko‘ra ikki davlat hukumatlari o‘rtasida hujjatlar imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Gurbanguli Berdimuhamedov va Hasan Ruhoniy ishtirokida madaniyat, san'at, fan va ta'lim sohalarida hamkorlik dasturi; Turkmaniston savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Eron sanoat, konlar va savdo vazirligi o‘rtasida hamfikrlik memorandumi; Turkmaniston va Eron qishloq xo‘jalik vazirliklari o‘rtasida hamfikrlik memorandumi; Turkmaniston va Eron sanoat vazirliklari o‘rtasida hamfikrlik memorandumi imzolangan.
Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida sport sohasidasi hamkorlik dasturi; bojxona axboroti bilan almashish bo‘yicha hamfikrlik memorandumi; Turkmaniston-Eron amaliy kengashini tashkil etish haqidagi hamfikrlik memorandumi; havo transporti bo‘yicha hamfikrlik memorandumi; “Turkmanstandartlari” davlat xizmati va Eron standartlar va sanoat tadqiqotlari instituti o‘rtasidagi hamfikrlik memorandumini amalga oshirish rejasi imzolangan.
Ruhoniyning Turkmanistonga rasmiy tashrifi yakunlariga ko‘ra ikki davlat yetakchilarining qo‘shma bayonoti qabul qilingan.
Mavzuga oid
21:11 / 25.03.2026
Eron uchun AQSh tinchlik rejasining 15 ta bandi ma’lum bo‘ldi – OAV
21:02 / 25.03.2026
Turkiya arab davlatlarini Eron bilan urushmaslikka ko‘ndirmoqchi
20:52 / 25.03.2026
Saudiya yetakchisi Trampni Erondagi urushni davom ettirishga undamoqda – New York Times
19:52 / 25.03.2026