Jahon | 10:35 / 27.03.2018
8544
2 daqiqa o‘qiladi

Eron prezidenti bugun Turkmanistonga keladi

Foto: CA-News

Ashxobodda bugun, 27 mart kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov va Ashxobodga rasmiy tashrif bilan kelayotgan Eron prezidenti Hasan Ruhoniy o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Turkmaniston yetakchisi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Navbatdagi uchrashuv doirasida ikki qo‘shni davlat rahbari ikki tomonlama munosabatlarning turli jihatlarini muhokama qiladi, hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini belgilab oladi, mintaqaviy va xalqaro kun tartibdagi dolzarb masalalarni ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda.

Ashxobodda bo‘lib o‘tadigan Turkmaniston-Eron biznes-forumi mamlakatlarning davlat va xususiy tuzilmalar o‘rtasidagi aloqalarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Kutilishicha, tashrif yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlar to‘plami imzolanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning dekabrida Eron tomoni Ashxobod bilan gaz bo‘yicha kelishmovchilikni hal qilish uchun xalqaro arbitraj sudiga murojaat qilish niyatida ekanini ma'lum qilgandi. Ashxobod o‘shanda Eronning gaz mojarosini xalqaro arbitraj sudida hal etish bo‘yicha taklifini qo‘llab-quvvatladi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid