Jahon | 13:27 / 27.03.2018
5850
2 daqiqa o‘qiladi

Pentagon: Afg‘onistonning ilk uchuvchilari Mi-17’dan Black Hawk’ga mayda o‘tkaziladi

Foto: RIA Novosti

Afg‘onistonlik harbiy uchuvchilar birinchi guruhi Rossiyaning Mi-17 vertolyotlaridan AQShning UH-60 Black Hawk’iga may oyida o‘tkaziladi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Afg‘onistonlik uchuvchilar Qandahor harbiy aerodromida Amerika vertolyotlaridan foydalanish ko‘nikmalariga o‘rganmoqda. Tayyorgarlikning barcha kursi taxminan 16 hafta davom etadi, deb xabar qilgan agentlik Afg‘oniston harbiy-havo kuchlarining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha maslahatchisi sanalgan amerikalik mayor Nik Plantega asosan. Ta'lim berish ikki bosqichda bo‘lib o‘tmoqda.

Pentagon Afg‘oniston qurolli kuchlari uch-besh yil ichida Mi-17’dan UH-60 Black Hawk’ga butunlay o‘tishiga umid qilmoqda, deya aytib o‘tgandi AQShning quruqlikdagi qo‘shinlar qo‘mondonligi rahbari general-mayor Stiven Farmen 2017 yil oktabrida.

AQSh hozirgi paytga kelib Afg‘onistonga 11ta shunday uchar qurilmani topshirdi. Kutilishicha, joriy yil oxiriga qadar bu raqam 28taga oshadi. Vertolyotlar eng arzon modifikatsiya – Alpha’da yetkazib berilmoqda.

Kobulga hammasi bo‘lib 159ta shunday mashinani taqdim etish mo‘ljallangan. Bu ishlarni 2024 yilda tugatish rejalashtirilgan.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid