Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qatar Airways "Vnukovo"ning 25 foiz aksiyasini qanday shartda xarid qilishi aytildi
Foto: RIA "Novosti"
Qatarning Qatar Airways milliy aviakompaniyasi tomonidan “Vnukovo” aeroporti aksiyalari 25 foizini xarid qilish bo‘yicha kelishuv RF hukumatining xorijiy investitsiyalar bo‘yicha komissiya tomonidan muvofiqlashtirilishi lozim. Bu haqda Rossiya Monopoliyaga qarshi federal xizmati xabar qilmoqda.
Qatar Airways ijrochi direktori Akbar al-Bakirning ma'lum qilishicha, kompaniya "Vnukovo" aeroporti aksiyadoriga aylanmoqchi hamda aeroportni boshqarish bo‘yicha o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashishdan umid qilmoqda.
"Bizga ma'lum bo‘lishicha, Qatar Airways kompaniyasi Qatar hukumatiga tegishli. Ya'ni, xorijiy mamlakat nazoratida bo‘lgan xorijiy sarmoyador hisoblanadi. "Vnukovo" aeroporti esa strategik jamiyatdir. Shu tariqa, strategning 25 foiz aksiyalarini xarid qilish Rossiya Monopolitsiyaga qarshi federal xizmat arizasini talab etadi. Keyinchalik bu borada hukumat komissiyasi yig‘ilishi ham o‘tkazilishi kerak", - deya xorijiy sarmoyalarni nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i Olesya Milchakovaning so‘zlari keltiriladi xabarda.
Mavzuga oid
21:56 / 20.05.2026
Putin Xitoyga tashrifini yakunladi: asosiy ma’lumotlar
18:02 / 20.05.2026
Si Putin bilan Rossiya gazi uchun shartnoma tuzishni yana rad etdi
08:50 / 20.05.2026
Vashington: BMT tahdidlar uchun joy emas
08:42 / 20.05.2026