Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadan Qozog‘istonga yirik partiyadagi nefritni olib chiqishga urinish oldi olindi
Rossiya huquq-tartibot idoralari va bojxona xodimlari Qozog‘iston bilan chegarada Rossiyadan qiymati 12 mln rubllik 3 tonnaga yaqin nefrit mineralini olib chiqishga urinish oldini olishdi. Bu haqda Rossiya ichki ishlar vazirligi rasmiy vakili Irina Volk ma'lum qildi.
“Rossiya chegarasi orqali yirik partiyadagi nefritni noqonuniy olib o‘tishga urinishning oldi olindi”, deb aytgan Volk.
Uning aytishicha, yaqin xorijiy davlatlardan birining 34 yoshli fuqarosi nefritni yuk mashinasida qurilish toshi ko‘rinishida olib chiqmoqchi bo‘lgan.
Ushbu holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan Novosibirsk viloyati bosh tergov boshqarmasi tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Nefrit yarim qimmatbaho tosh hisoblanib, ko‘rinishi sababli shunday nom olgan. Nefritning daryo suvi bilan silliqlangan kichik bo‘laklari inson buyragini (yunonchadan nefro – buyrak) eslatib yuboradi.
Mavzuga oid
09:59 / 05.07.2026
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
10:35 / 04.07.2026
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50 / 04.07.2026