Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp boshqa davlatlar yetakchilarini rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborishga chaqirgan
Foto: AFP 2018 / Mandel Ngan
AQSh prezidenti Donald Tramp ko‘pchilik davlatlar yetakchilari bilan gaplashib, AQShning rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborishi qaroriga qo‘shilishga chaqirgan. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi o‘rinbosari Raj Shax ma'lum qildi.
“Bu o‘zaro muvofiqlashtirilgan harakat bo‘lgan. Prezident ko‘pchilik xorijiy yetakchilar, yevropalik ittifoqdoshlarimiz bilan buni muhokama qilgan va ularni AQShning diplomatlarni chiqarib yuborishi qaroriga qo‘shilishga chaqirgan”, deb aytdi Shax.
Uning ta'kidlashicha, diplomatlarni chiqarib yuborish Rossiyaning turli davlatlar va AQShdagi razvedka imkoniyatlarini zaiflashtirish nuqtai nazaridan muhim qadamdir.
Avvalroq Yevropa Ittifoqining 16 ta davlati, AQSh, Kanada, Norvegiya, Albaniya va Ukraina Solsberidagi voqea bilan bog‘liq holda rossiyalik diplomatlarni o‘z hududidan chiqarib yuborish qarorini qabul qildi. Jumladan, AQSh hukumati 48 nafar rossiyalik diplomat va Rossiyaning BMTDagi 12 xodimini chiqarib yuborishini va Rossiyaning Sietldagi bosh konsulligi yopilishini e'lon qildi.
Britaniyaning Solsberi shahrida 4 mart kuni britaniyalik josus Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlangan edilar. Britaniyaning ta'kidlashicha, ularning A234 moddasi bilan zaharlanishlariga Rossiya aloqador. Rossiya esa buni inkor qilib kelmoqda.
Mavzuga oid
23:36 / 29.04.2026
AQShda «opium epidemiyasi»ga sabab bo‘lgan farmatsevtika kompaniyasi yopiladi
21:33 / 29.04.2026
Oq uy prezident Trampni «qirol» deb atadi
21:02 / 29.04.2026
AQSh grin-karta va fuqarolik arizalari uchun tekshiruvni keskin kuchaytirdi
19:05 / 29.04.2026