Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zsanoatqurilishbank” bilan tovarlarni eksport qilish yanada qulay va tez bo‘ladi!
Respublikamiz bank sektoridagi eng yirik banklardan biri sifatida “O‘zsanoatqurilishbank”ning xorijiy va mahalliy yirik moliya-kredit tashkilotlari, shu jumladan, dunyoning 50 dan ortiq davlatidagi 360 ta xorijiy banklar, xususan, Yevropaning Commerzbank AG, Raiffeisen Bank International AG, Deutsche Bank AG va AQShning Citibank N.A., JP Morgan Chase Bank N.A. kabi birinchi darajali banklari bilan o‘rnatgan vakillik munosabatlari mijozlarga xalqaro hisob-kitoblar jarayonida bankimiz xizmatlaridan foydalanishda qulayliklar yaratmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlarni qo‘shni davlatlarga eksport qilishni moliyalashtirish, mijozlarning eksport-import shartnomalari bo‘yicha to‘lovlarini qisqa muddatda va arzon o‘tkazib berish maqsadida bankimiz tomonidan Tojikiston Respublikasining “Oriyenbank”, Qirg‘iziston Respublikasining “Ayyl bank”, Afg‘oniston Islom Respublikasining “Ghazanfarbank” banklari bilan o‘zaro vakillik munosabatlari o‘rnatildi.
Ushbu vakillik munosabatlari bank mijozlariga qo‘shni davlatlar tadbirkorlari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishida juda qulay hisoblanadi, ya'ni, pul mablag‘lari uchinchi bank ishtirokisiz bevosita qabul qilib oluvchilarning bankiga borib tushadi.
O‘z mahsulotlarini qo‘shni davlatlarga eksport qilishdan manfaatdor bo‘lgan barcha tadbirkorlarni “O‘zsanoatqurilishbank” bilan hamkorlik qilishga chorlaymiz.
O‘ZSANOATQURILIShBANK O‘Z MIJOZLARINI YuKSAK QADRLAYDI VA YaNADA QULAY HAMDA ZAMONAVIY XIZMATLARNI JORIY
QILIShDA DAVOM ETADI!
Qo‘shimcha ma'lumotlarni (0371) 232-06-14 telefon raqamidan yoki quyidagi manzildan olishingiz mumkin:
- veb-sayt: www.uzpsb.uz;
- Telegram: https://t.me/UzSQB;
- Facebook: https://www.facebook.com/uzpsb;
- Filiallar ro‘yxati: http://uzpsb.uz/uz/node/2260
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
11:21 / 20.04.2026
Parvarish xizmati ko‘rsatuvchi tadbirkorlar 2030 yilgacha soliqdan ozod etiladi
12:15 / 10.04.2026
Xorazmda 7 ming so‘mdan palov sotgan tadbirkor jarimaga tortildi
11:47 / 09.04.2026
“Obnalchi” korxonaning soliq majburiyati halol tadbirkor gardaniga yuklanyapti” – tadbirkorlar Soliq qo‘mitasidan norozi
20:57 / 03.04.2026