Jahon | 13:10 / 29.03.2018
20315
1 daqiqa o‘qiladi

Mey Londonga Rossiya qarzini sotishga taqiq qo‘yishi mumkin

Foto: REUTERS

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Rossiya tomonidan London fond bozorida suveren qarz qog‘ozlarni sotishga taqiq joriy etish bo‘yicha taklifni ko‘rib chiqishga rozi bo‘ldi. Bu haqda The Guardian yozmoqda.

Aniqlik kiritilishicha, xorijiy ishlar bo‘yicha qo‘mita raisi Tom Tugendxat tegishli taklif bilan chiqqan.

«Rossiya ayni damda YeI va AQSh kapital bozorlarida qarzlar olishi mumkin, bu g‘arb sanksiyalariga qaramay, yuz beradi. Shundan so‘ng sanksiyalar ostida bo‘lgan hamda Kremlga aloqador banklar va energetika kompaniyalar qo‘llab-quvvatlanmoqda», - deya aytib o‘tdi Tugendxat.

Ma'lum bo‘lishicha, London bunday qadam bilan Rossiya iqtisodiyotiga zarar yetkazmoqchi.

Mavzuga oid