O‘zbekiston | 17:34 / 29.03.2018
7988
3 daqiqa o‘qiladi

Muslim Traveller: Indoneziyaning Net TV telekanali O‘zbekistonning turistik salohiyati haqida ko‘rsatuv tayyorlamoqda

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Indoneziyaning Net TV telekanali bilan hamkorlikda O‘zbekistonning eng go‘zal maskanlarini kashf qilishda davom etmoqda. Qo‘mita matbuot xizmati shu haqida xabar berdi

Ijodiy guruh o‘z safarining birinchi kunini ziyorat maskanlaridan boshladi, ertasiga esa go‘zal manzaralardan zavq olish maqsadida Chimyon tog‘lariga yo‘l oldi. S'yomka jarayonlarini tashkillashtirishda Toshkent viloyat hokimining turizm bo‘yicha o‘rinbosari yordam berdi. 

Kunning ikkinchi yarmida shaharga qaytgan indoneziyalik mehmonlar "keng va sokin ko‘chalar" bo‘ylab ekskursiya qilish uchun Toshkent markazi tomon harakatlanishdi. Sohibqiron haykali o‘rnatilgan Amir Temur xiyoboni sayyohlarning sevimli maskanlaridan biridir.

Teleboshlovchi Shaza Belladonna mahalliy rassmolar asarlarini ko‘zdan kechirdi. Indoneziyalik sayyoh Toshkentga kelganda albatta shu ko‘chani sayr qilishni va ehtimol, rassomlarga o‘z portretlarini chizdirishni tavsiya qilmoqda. 

Jurnalistlar Toshkent davlat sharqshunoslik instituti pedagogi Sanjar Turdiyev bilan O‘zbekistonda chet tillarda so‘zlovchi yosh gidlar bilan olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida ma'lumot berdi. 2004 yildan buyon indoneziya tilida so‘zlovchi Turdiyev O‘zbekistonda sayyohlar uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida so‘zlab berdi. Keyingi manzil - Alisher Navoiy nomidagi Opera va balet teatri bo‘ldi. Mehmonlar O‘zbekistonda san'atga bo‘lgan qiziqish qanchalik yuqori ekanini o‘zlari uchun kashf qilishdi. 

Dunyo bo'ylab telekanali Net TV kanali s'yomka jarayonlari bo‘yicha maxsus dastur tayyorlamoqda. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan bu loyihalar mamlakatimizda ichki va tashqi turizm rivoji uchun xizmat qiladi. 

O‘zbekistonda turizm sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida muntazam ma'lumot olishni istasangiz, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining @uzbekistantravel telegram-kanaliga a'zo bo‘ling yoki www.uzbekistan.travel saytini kuzatib boring.

 

Mavzuga oid