08:41 / 29.03.2018
15659

Nurmagomedov Fergyusonga: Toni, sen befahmlardek gapiryapsan

Foto: RIA Novosti

Aralash uslub bo‘yicha (UFC) rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov amerikalik Toni Fergyuson bilan jangdan avvalgi matbuot anjumanida ushbu bahs qanday ahamiyatga ega ekani haqida to‘xtalib o‘tdi. 

«Men ajoyib holatdaman. Mening vaznim borasida xavotirga tushmang. Bu UFC tarixidagi eng katta janglardan biriga aylanadi», - deya Nurmagomedovning so‘zlarini keltiradi UFC matbuot xizmati.

Shuningdek, u o‘z raqibiga murojaat qilgan.

«Toni, ochig‘ini aytganda, sening ingliz tilida gaplashishingni tushunish mushkul. Sen xuddi befahmlardek gapirasan. Sen nima demoqchi bo‘layotganingni tushunish ilojsiz, tinchlan. Seni hech kim tushunmayapti», - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan Nurmagomedov.

Eslatib o‘tamiz, ushbu jang Las-Vegasdagi UFC 223 musobaqasi doirasida 7 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid
Top