Jahon | 17:20 / 29.03.2018
6617
1 daqiqa o‘qiladi

Sloveniya Moskvadan elchisini chaqirtirib oldi

Foto: Fotolia

Sloveniya hukumati Moskvadan o‘z elchisini maslahatlashuvlar uchun chaqirtirib olish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Miro Tserar tvitterdagi sahifasida yozgan.

«Buyuk Britaniyada yaqinda ro‘y bergan voqea tufayli Sloveniya elchimizni Lyublyanaga maslahatlashuvlar uchun chaqirtirib oldi», - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gruziya rossiyalik diplomat chiqarib yuborilishini ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid