19:29 / 29.03.2018
16075

O‘zbekistonlik «gastrolyorlar» gipnoz yordamida pensionerlarni aldab kelgan – Olmaota IID

Foto: Today.uz

O‘zbekistonlik besh nafar shaxs olmaotalik pensionerlarni gipnoz yordamida aldab kelgan, deb xabar qilmoqda shahar Ichki ishlar departamenti matbuot xizmati.

IID ma'lumotlariga ko‘ra, jinoiy guruh tarkibida – avval O‘zbekistonda jinoiy javobgarlikka tortilgan o‘zbekistonlik besh nafar shaxs bor.

«Olmaotaga jinoyatchilar nisbatan yaqinda kelishgan, biroq ularning tashrifi faqat jinoyat sodir etishni maqsadida bo‘lgani oydinlashdi», - deya ta'kidlaydi politsiya.

«Fuqarolar pensionerlarni aldab kelishgan. Pul kupyuralarini tekshirish hamda keyinchalik yangilariga almashtirish bahonasi bilan ular pensionerlarning yig‘ib qo‘ygan pullarini o‘zlari bilan olib ketgan. Aniqlanishicha, jinoiy guruhdan bo‘lgan ayollar firibgarlik chog‘ida gipnozdan foydalanishgan: keyinchalik pensionerlar o‘z pullarini begona odamlarga qanday topshirishganini qiyinchilik bilan yodga olishdi. Jinoyatchilar ba'zi holatlarda pensionerlarni bankkacha kuzatib borishgan va ehtimoliy qurbon hisob raqamdan pullarni yechib olishi hamda ularga topshirishini kutishgan. Bugungi kunda jinoiy guruhning barcha ishtirokchilari ushlandi va qamoqqa olindi», - deya xabar bergan Bostandik tumani IID huzuridagi politsiya bo‘limi boshlig‘i Timur Osekbayev.

Foto: Today.uz

Qayd etilishicha, ular 3 mln.dan ko‘proq tengeni o‘zlashtirib yuborgan.

Mavzuga oid
Top