Jahon | 08:48 / 30.03.2018
27002
2 daqiqa o‘qiladi

Maduro Skripal ishi bo‘yicha o‘z pozitsiyasini ma'lum qildi

Foto: Carlos Garcia Rawlins/Reuters

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Skripal ishi bo‘yicha Rossiya hukumati bilan birdam ekanini bildirdi. Bu haqda mamlakat TIV saytida xabar qilinadi.

«Venesuela prezidenti Nikolas Maduro hukumat va xalq nomidan Rossiya hukumati hamda xalqi bilan birdam ekanini bildirdi. U AQSh va Yevropadagi ba'zi davlatlar tomonidan sobiq josus Sergey Skripalning zaharlanishi bo‘yicha ishda Rossiya hukumatiga qo‘yilgan asossiz ayblovlar tufayli rossiyalik diplomatlar chiqarib yuborilayotganini tashvish bilan kuzatib turibdi», - deyiladi xabarda.

Shuningdek, Maduro xalqaro hamjamiyatni «xalqaro huquq va diplomatik konvensiyalarni qo‘pol tarzda buzayotgan» harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi.

Venesuela yetakchisining fikriga ko‘ra, bu «faqat keskinlik va global beqarorlikning kuchayishiga olib kelyapti».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Buyuk Britaniyaning GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal zaharlanishi bo‘yicha ish yuzasidan taqdim etgan materiallarini boshlang‘ich sinf o‘quvchilari rasmlari bilan tenglashtirgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid