Jahon | 07:32 / 31.03.2018
6345
1 daqiqa o‘qiladi

BMT xavfsizlik kengashining KXDR bo‘yicha qo‘mitasi 21 ta kompaniyaga qarshi sanksiya kiritdi

Foto: AP Photo / United Nations/Kim Haughton

BMT xavfsizlik kengashining Shimoliy Koreya bo‘yicha qo‘mitasi AQSh taklifi bilan 21 ta transport kompaniyasi, 27 ta kema va bir jismoniy shaxsga nisbatan sanksiyalar kiritdi. Bu haqda AQShning BMTdagi doimiy vakolatxonasida ma'lum qilindi.  

30 martda tarqatilgan yozma bayonotda AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeylining ma'lum qilishicha, “Shimoliy Koreya bilan ishlovchi kompaniya va shaxslarga nisbatan kiritilgan ushbu sanksiyalar Xavfsizlik kengashining sanksiyalari qabul qilingandan beri eng katta ko‘lamlisi bo‘ldi” va Shimoliy Koreyaning neft olish va ko‘mir sotish maqsadida dengiz orqali kontrabanda tashuvlar bilan shug‘ullanishga urinishlariga qarshi qaratilgan. 

Fevral oxirida AQSh moliya vazirligi Shimoliy Koreyaning yadroviy va ballistik dasturiga qarshi kurash doirasida 27 ta kemachilik va transport kompaniyasi, 28 ta kema va bir nafar jismoniy shaxsga nisbatan sanksiyalar kiritgan. 

Mavzuga oid