Jahon | 16:01 / 31.03.2018
12794
2 daqiqa o‘qiladi

Chiqarib yuborilayotgan britaniyalik diplomatlar soni oshiriladi – Rossiya 

Foto: RIA "Novosti"

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning ma'lum qilishicha, Britaniya mamlakatdan «50dan biroz ko‘proq» diplomatni chiqarib yuborishi kerak. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

«Biz chiqarib yuborilayotgan diplomatlar sonida tenglik haqida so‘radik. Britaniyaliklarda rossiyaliklardan 50 diplomatga ko‘proq», - deya aytib o‘tdi Zaxarova.

London diplomatik missiyaning 50 xodimini uyiga qaytarishi lozimligi borasida aniqlik kirituvchi savolga Zaxarova shunday degan: «50dan biroq ko‘proq».

Avvalroq, 30 mart kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga 23 mamlakat elchilari chaqirildi va ularga ushbu davlatlar bilan munosabatlardagi yangi choralar haqida ma'lum qilindi. «30 mart kuni Rossiya TIVga Avstraliya, Albaniya, Germaniya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Kanada, Latviya, Litva, Makedoniya, Moldaviya, Niderlandiya, Norvegiya, Polsha, Ruminiya, Ukraina, Finlyandiya, Fransiya, Xorvatiya, Chexiya, Shvetsiya, Estoniya diplomatik missiyalari rahbarlari chaqirildi», deyilgan TIV matbuot xizmati xabarida.

Shuningdek. Mariya Zaxarova Buyuk Britaniyaning GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal zaharlanishi bo‘yicha ish yuzasidan taqdim etgan materiallarini boshlang‘ich sinf o‘quvchilari rasmlari bilan tenglashtirgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid