Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Evo Morales diplomatlar mojarosi bo‘yicha pozitsiyasini ma'lum qildi
Boliviya rahbari Evo Moralesning ma'lum qilishicha, rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborish masalasi bo‘yicha Rossiya xalqi va prezident Vladimir Putinni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda u tvitterdagi sahifasida yozgan.
«Biz AQSh va Yevropaning ba'zi davlatlaridan rossiyalik diplomatlar chiqarib yuborilishi tufayli Rossiya xalqi hamda mamlakat prezidenti Vladimir Putin bilan birdammiz. Ular Rossiyani Angliyaning Solsberisida GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi zaharlanishida asossiz ravishda ayblashmoqda. Bu repressiyalar butun dunyodagi tinchlikka qarshi yo‘naltirilgan», - deya yozdi Morales.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniya hukumati Londondagi Rossiya savdo vakolatxonasini yopish niyatida ekani, bu Skripal ish tufayli ro‘y berishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
09:59
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
10:35 / 04.07.2026
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50 / 04.07.2026