Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
I'm back. Shvartsenegger yuragida o‘tkazilgan operatsiyadan so‘ng aytgan ilk so‘zlari ma'lum
Arnold Shvartsenegger yurakda rejalashtirilgan jarrohlik amaliyotidan so‘ng o‘ziga keldi va qaytganini (I'm back) aytib o‘tdi. Shu tariqa, u «Terminator 3: Mashinalar isyoni» kartinasidan iborani qaytargan. Bu haqda aktyorning vakili Daniel Ketchell tvitterdagi sahifasida aytib o‘tdi.
«Shvartsenegger o‘ziga keldi va uning ilk so‘zlari „Men qaytdim” bo‘ldi, shuning uchun uning kayfiyati yaxshi», - degan Ketchell.
Eslatib o‘tamiz, 30 mart kuni 70 yoshli aktyor yurak klapanini almashtirish bo‘yicha jarrohlik amaliyotidan o‘tkazildi. U avvaldan rejalashtirilgan edi hamda muvaffaqiyatli amalga oshdi.
Mavzuga oid
15:51 / 05.03.2020
Shvarseneggerning da'vosidan so‘ng unga qiyofadosh robot yo‘q qilinadigan bo‘ldi
19:10 / 23.08.2019
Rossiya kompaniyasi Shvarsenegger va Jyeki Channi sudga berdi
22:24 / 03.06.2019
“Terminator” filmi prodyuseri O‘zbekistonda Gollivud blokbasterini suratga oladi
04:10 / 19.05.2019