Amerikalik aktyor va kulturist, 70 yoşli Arnold Şvartseneggerning yuragi şoşilinç operatsiya qilindi. Bu haqda TMZ naşri xabar bermoqda.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, Şvartsenegger Los-Anjyelesdagi Cedars-Sinai gospitaliga unça murakkab bölmagan jarrohlik operatsiyasi uçun kelgan. Uning kateter klapani almaştirilişi kerak bölgan.
Ma'lum qilinişiça, operatsiya vaqtida “temir Arni”ning qon bosimi kötarilib, qon ketiş boşlangan. Şu sababli jarrohlar operatsiya xonasida uşlanib qolişlariga va oçiq yurakda operatsiya ötkazişlariga töğri kelgan.
Operatsiya muvaffaqiyatli ötgan. Arni hozir jadal terapiya palatasiga ötkazilgan va ahvoli barqaror deb baholangan.
Arni yuragida birinçi operatsiyani 1997 yilda ötkazgan. Biroq keyinroq bergan intervyusida bu operatsiyadan bir neça kun keyin yana jarrohlik stoliga yotqazilganini tan olgan. Gap şundaki, Arni operatsiyadan keyingi kuni 3 soat trenajyor zalida ötkazgan va sun'iy klapan yorilib ketgan. Öşandan beri u klapanini işçi holatda saqlaş va almaştirib turiş uçun vaqti-vaqti bilan şifoxonaga kelib turadi.
Klapanni almaştiriş murakkab operatsiya bölmay, bemor sanoqli kunlarda tiklanadi. Uşbu operatsiya vaqtida murakkabliklar kam uçraydi.

















