Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zangiota tumani hokimligi 5 yigitni uylantirdi
2018 yil 31 mart kuni Toshkent viloyati Zangiota tumani “Shukurona” to‘yxonasida Dalaguzar, Eski-qa'la, Abdujalilbob, O‘rtaovul, Zarafshon mahalla fuqarolaridan kam ta'minlangan, oilasida nogironi bor, chin yetim voyaga yetgan fuqarolarning nikoh to‘ylari o‘tkazildi. Unda ushbu mahallarda istiqomat qiluvchi 5 nafar kelin va kuyov nikoh rishtalari bog‘lashdi.
Oilalarning mebel jihozlari, kelin ko‘ylaklari, kuyov liboslari olib berildi. Nikoh to‘yi jarayonida 5 ta elektr pechka Zangiota tumani hokimi A.U.Tamikayev tomonidan sovg‘a qilindi.
Mahalla faollari bilan xamkorlikda ishchi guruh a'zolari tomonidan to‘y o‘tkazuvchi oilalarning to‘y kunlari aniqlanib, FHDYo bo‘limi bilan o‘zaro axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan. Har bir mahallada to‘y va boshqa marosimlarni o‘tkazishda yo‘l qo‘yilayotgan ortiqcha dabdabalarni bartaraf etish, isrofgarchilikning oldini olish maqsadida sharqona qadriyatlar, urf-odatlar, an'analar mohiyati yuzasidan to‘y va marakalarni ixchamlashtirish bo‘yicha jami 402 ta tadbir o‘tkazildi.
Barcha fuqarolar yig‘inlari huzuridagi Yarashtirish (to‘y) komissiyalari tarkibi nizom talablari asosida qayta ko‘rib chiqilib, yangi Nizomga moslashtirildi.
Yigit va qizlarni hayotga ruhiy-ma'naviy jihatdan to‘liq tayyorlash, ularda hayotga mas'uliyat hissini uyg‘otish, hayotdagi vazifalari, nikoh majburiyatlari, tibbiy ko‘rikning ahamiyati, oila va nikoh munosabatlarining qonuniyligi yuzasidan hamkorlikda targ‘ibot ishlarini olib borildi.
Mavzuga oid
07:34 / 05.05.2026
Ugom daryosi davlat gidrologik tabiat yodgorligi deb e’lon qilindi
10:57 / 27.04.2026
Angrenga kirishda yuk mashinasi 4 ta yengil mashinani urib ketdi, qurbonlar va yaradorlar bor
13:45 / 26.04.2026
Toshkent viloyatida tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan FVB boshlig‘i ushlandi
13:51 / 24.04.2026