Sport | 21:40 / 01.04.2018
7986
1 daqiqa o‘qiladi

«Zenit» maydonida inqilobiy yangilik bo‘lgan maysadan foydalanadi

Foto: Videodan kadr

Rossiyaning «Zenit» klubi stadioni sanalgan «Krestovskiy»da yangi avlod maysalari ekib chiqiladi. Bu haqda klubning YouTube videoxostingidagi rasmiy sahifasida ma'lum qilingan.

Gap shundaki, Peterburgdagi stadionida dunyoda birinchi bo‘lib oq rangdagi tabiiy maysalar ekiladi. Bu orqali stadiondagi chiziqlar uchun ortiq bo‘lgan oq bo‘yoqlar uchun xarajatlar tejaladi.

Bu borada «Zenit» yaponiyalik agronom olimlar bilan ish olib bordi. Olimlar bir necha yillik izlanishlardan so‘ng oq rangdagi maysa navini yaratishga muvaffaq bo‘lishdi.

Tez orada bu kabi maysa navi butun dunyo bo‘ylab stadionlarga ekilishi ko‘zda tutilgan.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid