O‘zbekiston | 19:03 / 02.04.2018
6608
2 daqiqa o‘qiladi

Azim Ahmadxo‘jayev Helena Freyzer va Shaxzod Gul Aryobiy bilan uchrashdi

2 aprel kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmadxo‘jayev va BMTning O‘zbekistondagi vakili Helena Freyzer  “Samarali davlat boshqaruvini rivojlantirish uchun hamkorlik va raqamli o‘tish” loyihasiga doir hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish matbuot xizmati shu haqida xabar berdi. 

Foto: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish matbuot xizmati

Shuningdek, bugun Azim Ahmadxo‘jayev Afg‘oniston kommunikatsiya va axborot texnologiyalari vaziri Shaxzod Gul Aryobiyni qabul qildi. Uchrashuvda «Afg‘on Telekom» kompaniyasi rahbari Ajmal Ayan ham ishtirok etdi. 

Foto: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish matbuot xizmati
Foto: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish matbuot xizmati
Foto: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish matbuot xizmati

Telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, jumladan yuqori tezlikdagi tranzit aloqa kanallarini tashkil qilish, ikki davlat tarmoq operatorlari o‘rtasidagi xalqaro telefon trafik sig‘imini kattalashtirish, xalqaro internet tarmog‘iga yuqori tezlikda ulanishni tashkil qilish, AKT sohasida kadrlar tayyorlash kabi yangi yo‘nalishlarda loyihalarni amalga oshirish masalalari uchrashuvning diqqat-markazida bo‘ldi.

Qayd etilganidek, ushbu loyihalar nafaqat aloqa sohasi o‘rtasidagi, balki boshqa yo‘nalishlarda ham mintaqaviy hamkorlikning ham kengayishiga xizmat qiladi. Mazkur uchrashuv yakuni yuzasidan tomonlar istiqboldagi hamkorlik bo‘yicha zarur me'yoriy hujjatlarni imzolashga kelishib olishdi.

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid