Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boliviyada kuchli zilzila yuz berdi
Boliviya janubida 6,8 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda Globo portali xabar bermoqda.
AQSh geologik xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i Karandaiti aholi punktidan 10-13 km shimol tomonda, 557 km chuqurlikda bo‘lgan.
Zilzila kuchi qo‘shni Braziliyaning bir nechta shahrida, jumladan, San-Paulu va poytaxt Braziliada sezilgan. Shu sababli turar-joy va ma'muriy binolardan odamlar evakuatsiya qilingan.
Ayni vaqtda yetkazilgan ziyon ko‘lami aniqlanmagan, jabrlanuvchilar haqida ma'lumot yo‘q.
Mavzuga oid
10:30 / 17.06.2026
Boliviya va AQSh 18 yillik tanaffusdan so‘ng narkotrafikka qarshi hamkorlikni tikladi
10:33 / 28.02.2026
Boliviyada samolyot qulashi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi
12:21 / 20.10.2025
Boliviyadagi prezidentlik saylovida Rodrigo Pas g‘alaba qozondi
18:39 / 02.05.2025