Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“G‘ishtko‘prik”da kiyimlari orasiga yashirgan holda 39ta telefonni olib kirmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
Amaldagi tartiblarga muvofiq, jismoniy shaxslar avtomobil yo‘li (piyodalar yo‘li) o‘tkazish punktlari orqali mamlakatga kirib kelish chog‘ida 300 AQSh dollari miqdoridagi tovarlarni yozma deklaratsiyalamasdan olib kirishlari mumkin. Bunda ushbu miqdordagi tovarlardan bojxona to‘lovlari undirilmaydi. Ushbu miqdordan oshgan tovarlarni esa yozma deklaratsiyalagan holda, bojxona to‘lovlarini to‘lab olib kirish mumkin, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.
Yaqinda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” bojxona kompleksiga qo‘shni davlatdan kirib kelgan respublikamiz fuqarosi, 1991 yilda tug‘ilgan T.M bojxona nazoratidan o‘tishi chog‘ida u bojxonachilarga belgilangan me'yordan ortiqcha tovarlari yo‘qligini ma'lum qildi.
Ammo, uning shubhali xatti-harakatlari hushyor xodimlar diqqatini o‘ziga tortdi. Shundan so‘ng ushbu shaxs xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida, egnidagi kiyimlari orasiga yashirilgan, qiymati 3 900 000 so‘mlik 39 dona “IRBIS” nomli uyali aloqa telefonlari mavjudligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:30 / 16.06.2026
Toshkentda maktab o‘quvchilari ishtirokidagi jinoiy guruh ushlandi
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
20:25 / 10.06.2026