Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroqda 6 nafar turkiyalik ayol o‘lim jazosiga mahkum qilindi
Iroq jinoyat sudi 6 nafar turkiyalik ayolni IShID terrorchilik guruhi faoliyatiga aloqadorligi uchun o‘lim jazosiga mahkum qildi. Bu haqda “Al-Arabiya” telekanali ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, yana 7 nafar turkiyalik ayol IShIDga yordam berganlari uchun umrbod qamoq jazosi oldilar.
2018 yil fevral oxirida Iroq markaziy jinoyat sudi IShID jangarilariga yordam bergani uchun 16 nafar turkiyalik ayolni o‘lim jazosiga mahkum qilgandi. Biroq Turkiya hukumati bu ayollarni qaytarishga urinmoqda.
Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy 2017 yil dekabrida IShIDga qarshi urush g‘alaba bilan yakunlanganini e'lon qilgan. Iroqda IShIDga aloqadorlik uchun o‘lim jazosi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
21:16 / 28.06.2026
Iroqda 50ga yaqin amaldor va deputatlar korrupsiyada ayblanib hibsga olindi
23:18 / 07.04.2026
Iroqda o‘g‘irlab ketilgan amerikalik jurnalist Shelli Kittlson ozod qilindi
12:11 / 21.03.2026
NATO Erondagi urush sabab Iroqdagi missiya xodimlarini olib chiqmoqda
15:03 / 13.03.2026