Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messining yordami kerak bo‘ldi, Ronalduning yordami kerak bo‘lmadi. Ispaniyada tur o‘yinlari
«Tribuna» Ispaniya chempionatining 30-turining asosiy o‘yinlariga e'tibor qaratadi.
Sevilyadagi xaloskorlik
«Sevilya» - «Barselona» - 2:2 (1:0)
Gollar: Vaskes, 36 (1:0). Muriel, 50 (2:0). Luis Suares, 88 (2:1). Messi, 89 (2:2)
«Sevilya»: Riko, Merkado (Layun, 46), Langle, Ker, Eskudero, Banega, N`Zonzi, Vaskes, Korrea (Pisarro, 72), Xesus Navas (Nolito, 81), Muriel.
«Barselona»: ter Shtegen, Serxi Roberto, Pike, Yumtiti, Jordi Alba, Paulinyu (Suares, 77), Rakitich, Inesta (Pako Alkaser, 81), Dembele (Messi, 58), Luis Suares, Filippe Koutinyu.
«Barselona» Sevilyaga g‘alaba uchun kelgan jamoadek ko‘rinmasdi. FIFA kunlaridan keyin toliqqan ba'zi futbolchilarga dam berilgan, kichik jarohati bor Messi ham zaxirada qolgandi. U joriy mavsumda to‘rtinchi marta zaxirada qoldirilgandi (2 o‘yin primerada va yana ikki o‘yin Chempionlar ligasida). Maydon egalari esa birinchi daqiqalardanoq bor kuch bilan g‘alaba uchun harakat qila boshlashdi. Ikki bo‘limda ham bittadan gol urib olgan «Sevilya» himoyaga yotmadi va yana gol urishga harakatni davom ettirdi.

Valverde esa uchinchi golni o‘tkazishga rozi bo‘lmadi va bir soatga yaqin vaqt davomida zaxira o‘rindig‘ida xo‘mrayib o‘tirgan Messini maydonga tashladi.

O‘yindan keyin uning iqror bo‘lganidek, endi maydonda boshqa «Barselona» harakat qilardi.
Argentinalik futbolchi o‘yinni butunlay o‘zgartirdi, katalonlar endi o‘zgacha ishtiyoq bilan harakat qilishardi. 87-daqiqada Suares hisobni qisqartiruvchi golni urdi, jamoa tinim bilmay oldinga intildi va ikki daqiqa o‘tib Leo sevilyaliklar darvozasiga yubiley - 30-golini urdi - 2:2.

«Barselona»ning Ispaniya chempionatidagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 37 o‘yinga yetdi, «Real Sosedad»ning o‘tgan asrda o‘rnatilgan (1980 yilda, 38 o‘yin) rekordini yangilash uchun yana ikki o‘yinda mag‘lub bo‘lmaslik kifoya.
Orollardagi dam olish
«Las-Palmas» - «Real» - 0:3 (0:2)
Gollar: Beyl, 26 (0:1). Benzema, 39 - penalti (0:2). Beyl, 51 - penalti (0:3).
«Las-Palmas»: Chichisola, Mishel (Xayro, 46), Agirregaray, Ksimo Navarro, Galves, Xavi Kastelyano, Gomes (Eksposito, 46), Xalilovich, Akvilani, Momo (Ezekil, 85), Kaleri.
«Real»: Navas, Nacho (Xakimi, 29), Varan, Ernandez, Valexo, Modrich (Kovachich, 61), Kazemiru (Lorente, 62), Asensio, Vaskes, Benzema, Beyl.
Turinga safardan oldin «Real» ustozi Zinedin Zidan ham jamoa yetakchisi Krishtianu Ronalduga dam berishga qaror qildi, shu tariqa, portugaliyalik hujumchining fantastik seriyasi uzilib qoldi, u Primeraning oxirgi 6 o‘yinida 14 gol urishga erishgandi. Umuman, Kanar orollariga aralash tarkib yo‘l oldi - jamoaning boshqa sardorlari Marselo va Ramos, shuningdek, Isko ham zayavkada emasdi. «Las-Palmas» o‘yin boshida qarshilik ko‘rsatishga urindi, ammo bu o‘yinda Garet Beyl katta sahnaga chiqdi.

Benzema o‘zining «Real»dagi yubiley - 400-o‘yinida sardorlik bog‘ichini taqqan holda chiqdi va bir marta penaltidan gol urdi. O‘yinning dastlabki qismida faqat ofsaydga tushib qolaverishi bilan esda qolgan Beyl keyinroq bitta penaltidan va bitta o‘yindan gol urdi, Nacho professional faoliyatida ilk marta jarohat oldi. «Qirollik klubi» ortiqcha zo‘riqishsiz 3 ochko bilan qaytdi va Madridning boshqa bir jamoasi «Atletiko»ni ta'qib etishda davom etdi.

«Deportivo»ning qo‘rqinchli tushi
«Atletiko» - «Deportivo» - 1:0 (1:0)
Gol: Gameyro, 34 - penalti (1:0).
«Atletiko»: Oblak, Godin, Savich, Ernandez, Isaak (Diyego Kosta, 64), Gabi, Koke, Saul, Partey (Moyya, 88), Gameyro (Fernando Torres, 72), Korrea.
«Deportivo»: Martines, Sidney, Xuanfran, Luizinyu, Albentosa, Muntari (Vale, 63), Moskera, Emre Cholak (Bakkali, 77), Gilerme, Adrian (Andone, 82), Lukas.

«Matraschilar» ustozi Diyego Simeone ham Antuan Grizmannga dam berdi. Raqib turnir jadvali autsayderlaridan biri - «Deportivo» bo‘ldi. Bu o‘yindan oldinroq «Real» Kanar orollaridan g‘alaba bilan qaytgan va «Atletiko» bilan oradagi farqni 1tagacha qisqartirgandi.
O‘yinda g‘alaba uchun Gameyroning penaltidan urgan goli yetarli bo‘ldi. «Deportivo»ning esa Madriddagi g‘alaasiz seriyasi 15 o‘yinga yetdi. Galisiyaliklar turnir jadvalining quyi qismida qolmoqda, xavfsiz zona bilan farq 8 ochko, qolgan turlarda bu farqni yo‘qqa chiqarish juda murakkab.
«Valensiya» Chempionlar ligasida
«Leganes» - «Valensiya» - 0:1 (0:0)
Gol: Rodrigo

Ispaniya chempionatidan keyingi mavsumda qaysi jamoalar Chempionlar ligasida ishtirok etishi masalasiga oydinlik kiritib bo‘lingan. Bu turda «Valensiya» «Leganes» maydonidan g‘alaba bilan qaytdi (1:0), beshinchi o‘rindagi «Vilyarreal» esa «Malaga»ga yutqazdi (0:1). Natijada, mavsum yakuniga 8 tur qolgan vaqtda to‘rtinchi va beshinchi o‘rin orasidagi farq 15 ochkoni tashkil qilmoqda. Yanvar oyi oxirida «sariq submarinalar» «Real»ni yengib, YeChL yo‘llanmasiga yaqinlashishgandi, ammo keyingi 10 o‘yinda 4 g‘alaba, 1 durang va 5 mag‘lubiyat qayd etildi. «Malaga» La Liganing oxirgi 15 o‘yinida ilk marta g‘alabaga erishdi, ammo hamon oxirgi o‘rinda, «xaloskor» 17-o‘rindan 11 ochko ortda qolmoqda.
Tur o‘yinlari


Turnir jadvali

Mavzuga oid
14:10 / 03.03.2024
Ispaniyada mojaro, «Liverpul»da aql bovar qilmas yakun. Yevropada kun o‘yinlari
13:58 / 04.01.2024
«Real» qiynaldi, «Jirona» yana iroda ko‘rsatdi. Kun o‘yinlari yakunlari
02:02 / 03.05.2021
La Liga. «Barselona» safarda «Valensiya» ustidan g‘alaba qozondi, Messidan dubl
16:48 / 16.08.2019