Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misr prezidenti saylovlarida Abdul Fattoh As-Sisiy g‘alaba qozondi
Misr markaziy saylov komissiyasi raisi Loshin Ibrohim mamlakatning amaldagi davlat rahbari Abdul Fattoh As-Sisiy prezidentlik saylovlarida 97 foiz ovozga ega bo‘lganini ma'lum qildi. Reuters shu haqida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Misr prezidenti saylovlarida ishtirok etganlar soni mamlakat aholisining 41,05 foizini tashkil qilgan.
As-Sisiyning saylovlardagi raqibi uncha taniqli bo‘lmagan siyosatchi Muso Mustafo Muso Muhammad bo‘ldi. U atigi 2,92 foiz ovoz to‘plagan.
Abdul Fattoh As-Sisiy 2018 yilning iyun oyi boshida Palata vakillari oldida qasamyod qiladi va shu tariqa uning ikkinchi prezidentlik muddati boshlanadi.
Bundan avval KUN.UZ'da Misrning aksariyat aholisi bunday tanlovdan norozi bo‘lgani va 1,5 millionga yaqin byulleten atayin noto‘g‘ri belgilanib, unda «Liverpul» futbol jamoasi o‘yinchisi va Misr terma jamoasi faxri Muhammad Saloh nomini yozilgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
22:52 / 20.06.2026
Tovlamachilik uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Misrdan ekstraditsiya qilindi
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
09:41 / 23.05.2026
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
22:30 / 16.04.2026