21:40 / 02.04.2018
12377

Samarqandda rus tilida ta'lim beruvchi uchta nodavlat MTM ochildi

Foto: Maktabgacha ta'lim vazirligi

Samarqand shahridagi «Mingut» mahallasida «Skazochnaya strana» MTM ochildi. U 120 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bolalar u yerda rus tilida o‘qitiladi. Bu haqda Maktabgacha ta'lim vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

«Lolazor 2» mahallasida «Umka N» nomli MTM faoliyat boshladi. Ushbu maktabgacha ta'lim muassasasida mashg‘ulotlar rus va o‘zbek tilida olib boriladi. 70 o‘ringa mo‘ljallangan bolalar bog‘chasi 15 bolani qabul qilib bo‘ldi.

Foto: Maktabgacha ta'lim vazirligi

«Siyobcha» mahallasida 70 o‘ringa mo‘ljallangan Advantage Smart Kids bolalar bog‘chasi ishga tushdi. Ayni paytda unga 35 kishi qabul qilindi. Bu yerda ham o‘quv mashg‘ulotlari rus tilida olib boriladi.

Shunday qilib, Samarqandda endi 12ta nodavlat ta'lim muassasasi mavjud. Davlat dasturiga muvofiq, viloyatda 2018 yil oxirigacha hammasi bo‘lib 50ta nodavlat ta'lim muassasasini ochish rejalashtirilgan.

Foto: Maktabgacha ta'lim vazirligi
Foto: Maktabgacha ta'lim vazirligi
Foto: Maktabgacha ta'lim vazirligi
Top