Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Chexiyaga rossiyalik Nikulin ekstraditsiyasi uchun minnatdorlik bildirdi
AQSh Oq uyi matbuot kotibi Sara Sanders Chexiyaga rossiyalik Yevgeniy Nikulinning ekstraditsiyasi uchun minnatdorlik bildirdi, u hakerlik hujumlarida ayblanmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.
«Qo‘shma Shtatlar Chexiya Respublikasiga Yevgeniy Aleksandrovich Nikulin topshirilgani uchun minnatdorlik bildiradi, u, taxminlarga ko‘ra, LinkedIn, Dropbox va Formspring’ga tegishli kompyuterlarni buzib kirgan. Rossiya fuqarosi bo‘lgan Nikulin Chexiya huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan hibsga olindi va Chexiyada 2016 yilning oktabr oyidan beri qamoqda saqlanayotgandi. Jinoyatchilarni javobgarlikka tortish internet ishonchililigini ta'minlash va bizning asosiy qadriyatlarimizni himoya etishning asosiy jihati sanaladi», - deyiladi Sanders bayonotida.
Qo‘shma Shtatlar Chexiya hukumatiga ekstraditsiya bo‘yicha masala «adolatli» hal etilgani uchun ham minnatdorlik izhor qilgan.
Mavzuga oid
05:49
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026
Jaziramadagi bayram: issiq sabab AQShdagi mustaqillik tadbirlari bekor qilinmoqda
22:57 / 03.07.2026
Donald Trampga 321 ta olmos ko‘zli uzuk sovg‘a qilindi - OAV
18:30 / 02.07.2026