Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston davlat byudjyeti xarajatlari 2018 yilda 30 milliard dollardan oshadi
Qozog‘iston respublika byudjyetining xarajatlari 2018 yilda 9 trillion 643 milliard tengeni tashkil etadi (30 milliard 134,4 million dollar). Bu haqda 3 aprel kuni Qozog‘iston hukumati yig‘ilishida moliya vaziri Baxit Sultonov ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istonni modernizatsiya qilish uchun 292,5 mlrd tenge (914 mln dollar) yo‘naltiriladi. U, xususan, o‘qituvchilarning ish haqini oshirish, Nazarboyev universitetini rivojlantirish, nogironlarga g‘amxo‘rlik qilayotgan kishilarga nafaqalar to‘lash uchun ishlatiladi.
Bundan tashqari, qishloq aholi punktlarini ichimlik suvi bilan ta'minlash uchun qo‘shimcha 31 milliard tenge (96 million 875 ming dollar), qurilishi tugallanayotgan uy-joylar muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun 31,5 milliard tenge (98,44 million dollar), mahalliy yo‘llarni rivojlantirishga 29 milliard tenge (90 million 625 ming dollar) ajratiladi. Agrosanoat kompleksining rivojlanishi uchun 15,6 milliard tenge (48 million 750 ming dollar), kiberjinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha chora-tadbirlarga 71 milliard tenge (221 million 875 ming dollar) sarflanishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, prezidentning beshta ijtimoiy tashabbusini amalga oshirish uchun xarajatlar ham mavjud.
Mavzuga oid
12:22 / 25.03.2026
Davlat budjetining 2025 yildagi ijrosi. Defitsit – 39 trln so‘mgacha qisqardi
21:00 / 11.01.2026
«Mening maktabim» loyihasida ovoz berish bosqichi boshlandi
14:24 / 08.01.2026
Noqulay iqlim sharoiti uchun ustama: qaysi hududlarda va qancha?
14:47 / 30.12.2025