Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 09:24 / 03.04.2018
14424
1 daqiqa o‘qiladi
Oq uy moviy rangga kirdi
Foto: Twitter / DonaldTrump
Autizm muammosi haqida ma'lumot tarqatish butunjahon kuni munosabati bilan Oq uyni yoritish chiroqlari moviy rangga o‘zgartirildi. Bu kun har yili 2 aprel kuni o‘tkaziladi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Trampning tvitterdagi sahifasida xabar berilgan.
Autizm haqida ma'lumot tarqatishga yo‘naltirilgan aksiyaga faqatgina Oq uydagilar qo‘shilmadi.
Shuningdek, Nyu-Yorkdagi 83-politsiya uchastkasida ham chiroqlar moviy rangga o‘zgartirilgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish