Sport | 20:15 / 04.04.2018
33436
2 daqiqa o‘qiladi

Xabib Nurmagomedov va Konor Makgregorning yaqin do‘sti o‘rtasida mojaro yuz berdi (video)

Foto: youtube.com\POYaSNI ZA MMA

Nyu-Yorkdagi mehmonxonalardan birida rossiyalik MMA jangchisi Xabib Nurmagomedov va jangchi Artyom Lobov o‘rtasida mojaro yuz berdi. Rossiyaning Nijniy Novgorodidan chiqqan Lobov irlandiyalik jangchi Konor Makgregorning yaqin do‘sti va sparring-sherigi hisoblanadi. Ta'kidlanishicha, Lobov bir necha bor Nurmagomedov haqida kurakda turmaydigan so‘zlar aytgan. Jumladan, u Xabibni jarohat olishi tufayli janglardan tez-tez voz kechishi sababli qo‘rqoqlikda ayblagan.

Nurmagomedov Lobov bilan yuzma-yuz kelganda uni bo‘ynidan ushlab, u haqda boshqa haqoratli so‘zlar aytmasligini uqtirgan. Jangchilar tezda ajratib olingan.

Nurmagomedov va Lobov 7 aprelda UFC 223 musobaqasida ishtirok etadilar. Dastlab Nurmagomedovning raqibi Toni Fergyusson bo‘lishi kerak edi. Biroq amerikalik tizzasidan jarohat olgani sababli jang o‘tkaza olmaydigan bo‘ldi. Uning o‘rniga ringga amerikalik Maks Xollouey chiqadigan bo‘ldi. 

Lobov esa musobaqada AQShning yana bir vakili Aleks Kaseres bilan jang qiladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid