16:50 / 04.04.2018
14338

Klopp Gvardiolani yana yengmoqchi. Chempionlar ligasida ikkinchi kun

Chempionlar ligasining chorak finali birinchi uchrashuvlari doirasida bugun muxlislarni yana ikki o‘yin kutmoqda. «Tribuna» bugungi o‘yinlar anonsini keltiradi.

«Liverpul» yo‘qotishlar bilan

LIVeRPUL – MANCheSTeR SITI
Bugun. Liverpul. «Enfild» stadioni. 23.45. (Match TV ).
Hakam: Feliks Brix (Germaniya).

Joze Mourinodan farqli ravishda Yurgen Klopp o‘zining va jamoasining kamchiliklarini tan olishdan qo‘rqmaydi. «U «Barselona»da ekanida men «Maynts»da edim. Bu umuman boshqa-boshqa darajalar. Uning futbolchilari to‘p bilan istagancha muomala qila olishadi, men faoliyatim davomida qancha vaqt to‘pga tegingan bo‘lsam, uning futbolchilari shundan ortiq to‘pga teginib ulgurishgan. Uning jamoalari hamisha kuchli bo‘lgan», deya o‘yindan oldingi matbuot anjumanida raqibni alqadi Yurgen Klopp. Ingliz jamoalari to‘qnashuvidan oldin Klopp o‘zining «Borussiya»si va Gvardiolaning «Bavariya»si o‘rtasidagi farq hozirgidek bo‘lmaganini qayd etib o‘tdi.

Albatta, «Manchester Siti» Angliyada tengsiz, ammo aynan «Liverpul» ushbu jamoa yigitlarini osmondan yerga tushirib qo‘ygandi. Yangi yil boshida mersisaydliklar «Manchester Siti»ni ojiz qoldirishgan va «shaharliklar» mavsumda ilk marta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rishga majbur bo‘lishgandi.

Foto: Liverpul

Bu to‘qnashuv arafasida «qizillar»da jarohat sindromi boshlandi. Biroz oldinroq jarohati tufayli 2018 yilgi jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi aniq bo‘lgan Lallana yoniga Matip qo‘shildi, shuningdek, Emre Jan «Siti»ga qarshi ikki o‘yinda ham ishtirok etmasligi ayon bo‘ldi.

Foto: Manchester Siti

«Siti» safida esa Aguero bilan muammo bor, u ko‘p ehtimol bilan o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida boshlaydi.

«Roma» Jyengizsiz, «Barsa» Buskets bilan

BARSeLONA – ROMA
Bugun. Barselona. «Kamp Nou» stadioni. 23.45. (Match Futbol 2).
Hakam: Makkeli (Niderlandiya).

Bir qarashda «Barselona» - «Roma» juftligida barchasi ayondek. Rimliklar faqat mo‘'jizaga umid qilishlari mumkin. Qolaversa, «Roma»ning oxirgi vaqtlarda yorqin o‘yinlar namoyish etgan turkiyalik 20 yoshli hujumchisi Jyengiz Yunder jarohat oldi. «Bo‘rilar» murabbiylar shtabi bor e'tiborini uni maydonga qaytarishga qaratishgan bo‘lsada, yosh futbolchi bugun jamoasiga yordam bera olmaydi. Rimliklar ustozi Eusebio Di Franchesko sog‘ayib safga qaytgan Nayngolan va Pellegriniga umid bog‘lashi mumkin.

Foto: Roma

O‘z navbatida, «Barselona» ustozi Ernesto Valverde Pike umumiy guruhga qaytgani, shuningdek, bugun Serxio Busketsni maydonga tushirishi mumkinligini aytib o‘tdi. Ushbu futbolchilarning yo‘qligi shanba kuni «Sevilya»ga qarshi o‘yinda bilingan va himoyada qator xatolar kuzatilgandi.

Foto: Barselona
Foto: Barselona
Foto: Barselona

Ushbu jamoalarning javob o‘yinlari 10 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Top