Iqtisodiyot | 09:59 / 04.04.2018
25628
1 daqiqa o‘qiladi

Narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar ro‘yxati tasdiqlandi

Tovar bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda

Qaror bilan Narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar (xizmatlar) va ularning strategik turlari ro‘yxati tasdiqlandi.

Narxlarni davlat tomonidan tartibga solish (tariflarni) o‘rnatish, mazkur ro‘yxatdan tashqari:

tabiiy monopoliya sharoitlarida ishlab chiqariladigan tovarlarga (ko‘rsatiladigan xizmatlarga);

Prezidentning qarorlarida narxlari tartibga solish nazarda tutilgan tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan ham amalga oshiriladi.

Shuningdek qaror bilan tasdiqlangan nizomda monopol yuqori va monopol past narxlarning aniqlanishi tartibi belgilandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid