Aytaylik, özingiz uçun köylak sotib oldingiz. Uni uyda qayta kiyib körilganda sifatsizligidan matosi ham, tikilişi ham narxiga töğri kelmasligi ma’lum böldi. Sotuvçi tomonidan «yuvib-yuvib kiyasiz, heç narsa qilmaydi, bu falon firmaniki…» deb qölingizga tutqazilgan qimmatbaho ust-boş ham bir yuvilganda rangi çiqib, çoklari sökilib, kirişib ketib, yaroqsiz holga kelib qolsa-çi? Bunda iste’molçilar qanday yöl tutişi kerak? 

Oxirgi paytlarda Özbekistondagi yirik  bozorlar, savdo markazlari va kiyim-keçak dökonlarida «Sotilgan tovar qaytarib olinmaydi!»  yoki «Almaştirib berilmaydi!» degan mazmundagi yozuvlar köpayib boryapti. Xöş, bu talab qançalik asosli?

Qonunçilik nima deydi?

Vazirlar Mahkamasining 75-sonli qarorida belgilanişiça, çakana savdo qoidalarida zarur sifatdagi, qaytarib olinmaydigan yoki şunga öxşaş tovarga almaştirilmaydigan nooziq-ovqat tovarlari röyxatiga kiyim-keçaklar kiritilmagan. Uni mavjud tartib-qoidalar asosida belgilangan muddatda sifatlisiga almaştirib oliş huquqiga egasiz. Ammo bunda ham ma’lum tartib-qoidalar bor.

«Iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş töğrisida»gi qonunning 18-moddasida fuqarolar maqbul sifatli nooziq-ovqat tovarini xarid qilgan kunidan e’tiboran 10 kun içida uşbu tovar sotib olingan joydagi sotuvçidan uni ayni şunday tovarga almaştirib olişga, bunday tovar sotuvda bölmasa, pulini qaytarib olişga haqli ekani belgilab qöyilgan.

Bu yerda «maqbul sifatli» deyilmoqda. Ya’ni tovarning heç qanday nuqsonlari yöq, u iste’molga yaroqli, sifatiyam yaxşi. Xöş, unda almaştirib oliş nimaga kerak, deyişingiz mumkin. Qonunga binoan, iste’molçi sifati yaxşi tovarni ham almaştirib olişi mumkin. Faqatgina bunda unga öşa sotib olingan tovarning qandaydir iste’mol xossalari mos kelmagani sabab böla oladi. Siz tufli oldingiz, lekin uning ölçami biroz mos kelmadi yoki rangi yoqmadi va boşqa şu kabi holatlar.

Iste’molçi xarid qilgan tovarini sotib olgan kundan boşlab 10 kun içida (oziq-ovqat uçun 24 soat) boşqa tovarga almaştiriş huquqiga ega. Agar 10 kun ötib ketsa, bu huquqdan foydalana olmaydi.

Şuningdek, sifatli tovarlar qaytarilganda ular iste’mol qilinmagan bölişi, tovar körinişini yöqotmagan, iste’mol xossalari, plombasi, yorliqlari saqlangan holatda bölişi kerak.

Mahsulot kerakli sifatda bölmagan taqdirda-çi?