Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda soxta “huquqshunos” firibgar ushlandi
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida jinoyat sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, 2 aprel kuni IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2017 yil 10 avgust kuni soat 15.30larda, Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani Charog‘on ko‘chasida yashovchi, 1972 yilda tug‘ilgan B.I. Markaz 4-dahada joylashgan “Buxoro” qahvaxonasida 1974 yilda tug‘ilgan N.Sh.ga o‘zini huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ishlashini aytib, unga Xitoy Xalq Respublikasidan arzon narxda tikuv mashinalarini olib kelib berishini va uning tanishini Toshkent pediatriya tibbiyot institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishini va'da qilib aldash yo‘li bilan ishonchiga kirib, undan 4 ming AQSh dollarini olib, bergan va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligi ma'lum bo‘lgan.
Natijada B.I. ushlangan.
Mavzuga oid
14:23
Sobiq onkologiya shifoxonalari hududi hozir qanaqa holatda?
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
15:33 / 11.07.2026
G‘ijduvon hokimidan MSK raisigacha – kiberfiribgarlar kimlarni qanday chuv tushirgan?
10:20 / 11.07.2026