“Maxfiy topşiriq”

Sönggi vaqtlarda turli vazirlik va qömita matbuot xizmatlari rahbar nomidan tizimda faoliyat yuritayotgan mas’ul xodimlarga maxfiy topşiriq borayotgani, bunga işonmaslik haqida ogohlantiriş bilan çiqa boşladi.     

Masalan, Bojxona qömitasi raisi nomidan tizimda faoliyat yuritayotgan mas’ul xodimlarga Telegram orqali “yaqin vaqt içida Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tergovçisi Dilnoza Yöldoşeva boğlanib, bir qator savollar berişi va muammoning mohiyatini batafsil tuşuntirişi” haqida topşiriq borgan.

Surat 01

Qömita matbuot xizmati ogohlantiriş bilan çiqib, qömita raisi nomidan oçilgan soxta akkauntlardan murojaat bölganida işonib qolmaslikni söragan.

Sport vazirligi, Fanlar akademiyasi va boşqa taşkilotlar matbuot xizmatlari ham şunday ogohlantiriş bilan çiqqan.

Surat 02

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boşqaruvi raisi Asrorjon Asqarov nomidan ham tizimida faoliyat yuritayotgan mas’ul xodimlarga maxfiy topşiriq borgan. Unda “yaqin vaqt içida DXX xodimi Belbekov Jandos boğlanib, bir qator savollar berişi” aytilgan.   

Surat 03

Sxema qanday işlaydi?

“Jandos Belbekov” va boşqa şu kabi navbatçi ismlar bilan boğliq kiberfiribgarlikka köplar çuv tuşgan. Bu sxema qanday işlaşini bir holat misolida keltiramiz.

2025 yil 1 dekabr kuni Telegram orqali Özbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxöjayev nomidan Buxoro viloyati hududiy saylov komissiyasi raisi örinbosari lavozimida işlovçi Rohilaxon Otayevaga maxfiy topşiriq borgan.