Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya uyali aloqa operatorlari ishonchsiz sim-kartalar egalarini tekshira boshlashdi
Foto: Digital.Report
Rossiya Federatsiyasida faoliyat yurituvchi uyali aloqa operatorlari "Aloqa to‘g‘risida"gi federal qonunga tuzatish kiritishga kirishishdi, o‘zgarishlar shaxsi tasdiqlanmagan ishonchsiz abonentlarni aloqa xizmatlaridan uzishga taalluqli ekani aytilmoqda. Mazkur talab 2018 yilning 1 iyunidan kuchga kira boshlaydi. Bunda qonun nafaqat yangi kelishuvlarga, balki avval tuzilgan bitimlarga ham tegishli bo‘ladi.
«VimpelKom» («Bilayn» brendi ostida ishlaydi) matbuot kotibi Anna Aybashevaning RBKga ma'lum qilishicha, kompaniya o‘z mijozlari shaxsini tasdiqlash uchun yetarlicha vaqt berish va aloqa uzilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida abonent bazasini oldindan tekshira boshlagan.
"Biz qonun talablarini bajarishga tayyorgarlik ko‘rish doirasida maxsus ishlab chiqilgan algoritm bo‘yicha mijozlar bitimlarining qo‘shimcha tahlilini o‘tkazdik. Shubha tug‘ilgan shartnomalar bo‘yicha abonentlarga qo‘ng‘iroq qilib, ofisga kelib, pasport ma'lumotlariga tuzatishlar kiritishni taklif qila boshlaymiz", - deydi Aybasheva. Uning aniqlik kiritishicha, operator mijozlar ma'lumotlarini tasdiqlash uchun davlat axborot tizimlaridan foydalanishni rejalashtirmoqda.
MTS matbuot xizmati vakili Aleksey Merkutov ham kompaniya 1 iyundan qonun talablariga muvofiq faoliyat yuritish uchun choralar ko‘rayotganini ma'lum qildi. "Bu mavjud billing ustida qo‘shimcha ishlashni talab qiladi, bu muayyan xarajatlar bilan bog‘liq bo‘ladi, biroq yangi ma'lumotlar bazasini yaratishga hojat yo‘q", - deydi u.
Bundan tashqari, operatorlar sim-kartalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi vositachilar bilan ishlashni yo‘lga qo‘yishmoqchi va ularning noqonuniy sotilishiga qarshi kurashishmoqchi.
Mavzuga oid
08:40 / 10.01.2026
6 ta postda transport tekshiruvi sinov tariqasida chegara qo‘shinlariga berildi
15:30 / 25.12.2025
Markaziy bank moliya tashkilotlarida oldindan ogohlantirmasdan tekshiruv o‘tkazadi
07:51 / 15.07.2025
Markaziy bankning banklarda tekshirish o‘tkazish tartibi o‘zgaradi
17:32 / 30.01.2025