Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxorodagi tergov hibsxonasi xodimlariga nisbatan tekshiruv harakatlari boshlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatidagi 4-son tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxsga nisbatan qiynoq qo‘llanayotgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan ayrim xodimlarga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi. Holat Ombudsman tomonidan nazoratga olingan.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) axborot xizmati ma’lum qilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxsdan majburiy ko‘rsatma olinayotgani haqida tarqalgan ma’lumotlar yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirilgan.
Shu maqsadda Ombudsmanning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili qonunchilikda belgilangan vakolatlar doirasida muassasaga borib, murojaatda keltirilgan holatlarni joyida o‘rgangan. Jumladan, murojaatda tilga olingan shaxs bilan holi suhbat o‘tkazilib, uning saqlanish sharoitlari, murojaatda bayon etilgan vajlar hamda tanasida jarohat izlari mavjud yoki mavjud emasligi tekshirilgan.
Ma’lum qilinishicha, holat yuzasidan 4-son tergov hibsxonasining ayrim xodimlariga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan. Shu bilan birga, murojaatda ko‘rsatilgan shaxsga nisbatan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.
O‘rganish jarayonida to‘plangan hujjatlar va materiallar Jinoyat-protsessual kodeksi talablariga muvofiq protsessual tartibda ko‘rib chiqish uchun Buxoro viloyati prokuraturasiga taqdim etilgan.
Ombudsman mazkur holat bo‘yicha olib borilayotgan o‘rganish va tekshiruvlar natijalarini o‘z vakolatlari doirasida nazorat qilib borishini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
14:26 / 15.05.2026
Saida Mirziyoyeva: «Jo‘yzar» kanali betonlanadi - yiliga 12 mln kub metr suv tejaladi
11:51 / 15.05.2026
Saida Mirziyoyeva: Hududlardagi muammolar prezident nazoratida
10:01 / 12.05.2026
Buxoroda hokim o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi
17:30 / 06.04.2026