Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyada 9 nafar nemis velosipedchisini mashina bosib ketdi
Ispaniyaning Mayorka orolida bir guruh velosipedchilarni avtomobil urib ketdi. Buning oqibatida 9 nafar germaniyalik jarohat oldi. Bu haqda ABC nashri xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, voqea Kapdepera viloyatida 5 aprel ertalab yuz bergan. Porsche Cayenne avtomobili haydovchisi noma'lum sabablarga ko‘ra velosipedchilarni bosib ketgan. Mashina rulida 30 yoshlar atrofidagi ispaniyalik bo‘lgan.
“9 velosipedchidan ikki nafari jiddiy, 7 nafari yengil jarohat olgan”, deb ma'lum qilgan nashr.
Jarohatlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Yo‘l politsiyasi voqea tafsilotlarini o‘rnatish uchun tergov boshlagan.
Mavzuga oid
18:49 / 08.07.2026
Tramp NATOda: Ispaniya bilan savdoni uzish va Grenlandiyani egallash da’vosi
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
15:15 / 16.06.2026
Afrikacha master-klass: Kabo-Verdedan nimalarni o‘rganish kerak?
09:01 / 25.05.2026