16:46 / 06.04.2018
10613

Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Foto: Getty Images

Muxlislar Yevropa chempionlar ligasi 1/4 finali dastlabki uchrashuvlarining eng yaxshi futbolchilarini aniqlab olishdi. Bu haqda UYeFA rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Unga ko‘ra, «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Misrlik futbolchi uchun so‘rovnomada ishtirok etganlarning 57%i ovoz bergan. U «Manchester Siti»ga qarshi uchrashuvda (3:0) gol va golli pas muallifiga aylangandi.

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduga 35%, Xames Rodriges («Bavariya») 5%, Jyerar Pike («Barselona») – 4% ovoz olgan.

Top