7 iyul kuni keçqurun futbol böyiça jahon çempionatida nimçorakfinal doirasida yana ikki uçraşuv ötkaziladi: dastlab Lionel Messi boşçiligidagi Argentina milliy jamoasi Muhammad Saloh boşçiligidagi Misrga qarşi maydonga çiqadi. Keyin esa Şveytsariya çorakfinal yöllanmasi uçun Kolumbiya bilan bahs olib boradi.

Hozirgaça çorakfinalning uçta juftligi aniq bölgan:

Fransiya – Marokaş
Angliya – Norvegiya
Ispaniya – Belgiya

Argentina–Misr va Şveytsariya–Kolumbiya juftliklari ğoliblari keyingi bosqiçda özaro raqib böladi.

Argentina – Misr
7 iyul, 21:00. Mercedes-Benz Stadium, Atlanta

Boşqa turnirda bunday juftlikda Argentina şubhasiz favorit sanalgan bölardi. Ammo ötgan bosqiçda Kabo-Verde amaldagi jahon çempionlariga qarşi öyinda sönggi daqiqagaça intrigani saqlab qolgani – har qanday jamoadan syurpriz kutiş mumkinligini körsatdi. Argentina öşa öyinda Sidni Lopeş Kabraldan uşbu bosqiçning eng çiroyli golini ötkazib yubordi va faqat qöşimça bölimlardagi avtogol evaziga keyingi bosqiçga ötdi.

Qolaversa, argentinaliklarda bir futbolçiga qaramlik yaqqol közga taşlanmoqda: jamoa bu turnirda urgan 11 ta goldan 7 tasini 39 yoşli Lionel Messi urdi, gol+pas böyiça undan keyingi eng yaxşi natija himoyaçi Lisandro Martinesga (1+1) tegişli.

Leo jamoasining öyin natijasiga ta’sir körsatiş böyiça asosiy futbolçisi: har 90 daqiqada örtaça gol uriş (1,97), darvoza sohasiga töğri borgan zarba beriş (4,2) va jami zarbalar soni böyiça (6,8) u birinçi.

Bu öyin uçun turnir töpurarlari röyxatida yaqqol birinçi öringa çiqib olişi imkoniyati ham (hozirda undan taşqari Mbappe va Holandda ham 7 tadan gol bor). 

Messining sport formasiga savollar yöq – u çindan ham natija körsatmoqda, ammo futbolçining yoşidan kelib çiqilsa, Argentinaga bir futbolçiga qaramlik pand berib qolişi mumkin. 

Jazoir, Avstriya, Iordaniya va Kabo-Verde kabi jamoalarga hurmat saqlagan holda aytiş mumkinki, «Albiseleste» yölidan hozirça jiddiy raqiblar uçramadi. Jiddiy raqiblarga qarşi öyinlar boşlanganida esa Messida öyinning teng yarmini maydonda piyoda yurgan holda ötkazişga imkon bölmaydi.

Bungaça bölib ötgan öyinlarda ham unda çarçoq sezilgan pallalarda na Lautaro, na Hulian Alvares va na Enso Fernandes mas’uliyatni öz zimmasiga olişga jazm etmoqda. Argentinada yuqori saviyali futbolçilar jamlangan, ammo ular bu turnirda Leo orqali hujum qiliş yöllari yopilganida nima qilişni bilmay qolayotgandek körinmoqda. Mudofaa çiziği esa nisbatan kuçsiz raqiblarga qarşi öyinlarda ham köp xatoga yöl qöydi. Turnirning hal qiluvçi bosqiçlarida esa bunday xatolar keçirilmaydi.