Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nazarboyev Ostonada Vashington tajribasini qo‘llash haqida topshiriq berdi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev ko‘chalarni raqamlar bilan atashni taklif qilmoqda. U bu haqda 5 aprel kuni Ostonani rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilishda ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shahardagi yo‘llar odamlarni chalg‘itmoqda: bir ko‘chaning turli qismlarida turli nomlar mavjud. Ko‘plab ko‘chalar mamlakat va shahar bilan bog‘liq bo‘lmagan kishilarning nomi bilan ataladi.
"Kim bunday qilgan? Pochtachi adashib ketadi. Men nomlar bo‘yicha tartib o‘rnatish kerakligi haqida aytgan edimku. Ularni kim qanday nomlagan? Xohlaganicha», - deya g‘azablangan respublika rahbari.
«Agar munosib odamning ismi yo‘q bo‘lsa, raqam qo‘ying. Hozir Vashingtonda barcha ko‘chalar raqamlar deb ataladi va yashashmoqda. Ostonaga aloqador bo‘lmagan kishilar nomi bilan nomlangan ko‘chalar nomini o‘zgartiringlar. Albatta, ko‘chalarni o‘zgartirib, odamlarni yana chalg‘itishda hech qanday yaxshi narsa yo‘q, lekin tartibga solish kerak. Yana bir bor aytaman: ko‘chani raqam bilan atang, bo‘ldi», - deya hokim Asit Isekeshevga murojaat qilgan N.Nazarboyev.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nursulton Nazarboyev Ostonadagi avtomobillar turargohlari masalasi bo‘yicha vaziyatdan g‘azablangani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
08:25 / 22.06.2026
Saida Mirziyoyeva «Ostona» xalqaro moliya markazi faoliyati bilan tanishdi
08:55 / 19.06.2026
Abdulla Qodiriy ko‘chasida haydovchilar uchun yangi qayrilish joyi tashkil etildi
19:52 / 21.04.2026
Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga amaliy tashrifi boshlandi
09:10 / 24.03.2026