Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Xalqaro maqom san'ati anjumanini o‘tkazishga doir qarorni imzoladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 6 aprel kuni o‘zbek milliy maqom san'atining noyob namunalarini keng targ‘ib qilish, uni asrab-avaylash va rivojlantirish, yosh avlod qalbida milliy mumtoz san'atimizga hurmat va e'tibor tuyg‘ularini kamol toptirish, turli xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlik rishtalarini mustahkamlash, ijodiy hamkorlik, madaniy-ma'naviy munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda kengaytirish maqsadida "Xalqaro maqom san'ati anjumanini o‘tkazish to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi “O‘zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–3391-sonli qarori bilan Shahrisabz shahrida har ikki yilda bir marta o‘tkazilishi belgilangan Xalqaro maqom san'ati anjumanini birinchi marta 2018 yilning 6-10 sentabr kunlarida o‘tkazish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligining takliflari ma'qullanadi.
Tashkiliy qo‘mita ikki hafta muddatda Anjumanga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuksak saviyada o‘tkazishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi va tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Qashqadaryo viloyati hokimligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbek milliy maqom san'ati markazi bir oy muddatda xalqaro anjumanning ochilish va yopilish marosimlari ssenariy va badiiy dasturlarini tayyorlaydi. Shu bilan birga, 1 iyulga qadar mazkur konferensiyada xorijiy davlatlardan ishtirok etadigan musiqashunos va maqomshunos olimlar, taniqli san'atkorlar, yetuk mutaxassislar va faxriy mehmonlar ro‘yxatini shakllantirish, ularni taqdirlash ssenariysini ishlab chiqadi.
Anjuman doirasida 1 avgustga qadar “Maqom musiqa san'ati va uning jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzusida o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy konferensiyaga tayyorgarlik ko‘riladi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi anjumanni YuNeSKO shafeligi ostida o‘tkazish masalasini belgilangan tartibda hal etiladi.
Qashqadaryo viloyati hokimligi 25 avgustga qadar Shahrisabz shahrida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilishini, anjuman o‘tkaziladigan sahna maydonlari va zallar talab darajasida tayyorlanishini ta'minlashi belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Anjumanga tashrif buyuruvchi mehmonlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining viza talabnomalariga binoan O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizalari belgilangan tartibda konsullik va boshqa yig‘imlarni undirmasdan rasmiylashtirilishini ta'minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, “O‘zbekkino” milliy agentligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Cavdo-sanoat palatasi va “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda Shahrisabz shahridagi Oqsaroy maydoni hududida maqom san'atiga oid turli ko‘rgazmalar, milliy sozlar va liboslar, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy san'at asarlari, haykaltaroshlik namunalari, badiiy va hujjatli filmlar, audio va video disklar, kitoblar, albomlar, fotosuratlar namoyishi va ularning sotuvi tashkil etadi.
Anjuman dasturini ishlab chiqish va uning Anjumandan uch oy avval turistik tashkilotlarga taqdim etilishi, Internet jahon axborot tarmog‘i va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilishini ta'minlanadi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi anjuman qatnashchilari va mehmonlar uchun mehmonxonalardan joy ajratadi.
Toshkent shahar hokimligi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda ijodiy guruh va badiiy dastur ishtirokchilariga hamda xorijiy mehmonlarga Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyatidagi mehmonxona va ovqatlanish xizmatlarini 50 foizlik chegirma bilan tashkil etadi.
Anjumanni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan smeta asosida quyidagi tartibda:
⦁ 70 foizi – O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining xarajatlar smetasida madaniy tadbirlarni o‘tkazish uchun har yil nazarda tutiladigan byudjyet mablag‘lari doirasida;
⦁ 30 foizi – homiylik xayriya, mahalliy byudjyet mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.Sultonov zimmasiga yuklandi.
Mavzuga oid
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026