Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 21:55 / 07.04.2018
15358
1 daqiqa o‘qiladi
Germaniyada odamlarni bosib ketgan haydovchi o‘z joniga qasd qildi
Foto: AP
Germaniyaning Myunster shahri markazidagi ko‘chada kafe stollari atrofida o‘tirgan odamlarni bosib ketgan haydovchi o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda politsiyaga iqtibos keltirgan holda Focus nashri xabar bermoqda.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, voqea oqibatida 50 ga yaqin odam jabrlangan, jumladan 3 kishi halok bo‘lgan. Shuningdek, jarohatlanganlardan 6 kishi og‘ir ahvolda.
“Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, odamlarga borib urilgan erkak o‘lgan. U o‘z joniga qasd qilgan”, deb yozgan nashr.
Politsiya voqeaga terakt sifatida qaramoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish