Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qibrayda o‘g‘irlik qilib, izini berkitish uchun o‘t qo‘ygan shaxs ushlandi
Illyustrativ foto/moiklin.ru
2018 yil 1 aprelga o‘tar kechasi Toshkent viloyati Qibray tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, noma'lum shaxs “Textile Chemical” MChJ tikuv sexiga deraza oynasini sindirib kirib, u yerdan umumiy qiymati 48 million 283 ming so‘mlik jami 7.235 dona futbolkalarni o‘g‘irlab, jinoyatni yashirish maqsadida sexda qolgan futbolkalarni yoqib yuborayotganida shu MChJ qorovuli uni ko‘rib qolganligi tufayli noma'lum shaxs jinoyatini oxiriga yetkaza olmay futbolkalarni voqea joyida qoldirib qochib ketgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qibray tumani Baytqo‘rg‘on mahallasi Alpomish ko‘chasida yashovchi, “Toshkent-Traktor” zavodi ishchisi, 1994 yilda tug‘ilgan A.S. sodir etganligi aniqlanib qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
08:56 / 30.03.2026
Italiyadagi muzeyda yirik o‘g‘irlik: uch shoh asar yo‘qoldi
15:46 / 06.03.2026
Qibrayda taqiqlangan dori vositalari savdosiga chek qo‘yildi
16:58 / 13.01.2026
“Avvaliga o‘ldirishadi deb qo‘rqdim, keyin o‘rganib qoldim” – Uychida o‘g‘irlab ketilib, 4 kun ushlab turilgan yigit hikoyasi
09:05 / 07.01.2026